
Ham ziyorat, ham ma’rifat
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida turli uchrashuvlar, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, shahrimizning madaniy obyektlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.
Bugun talabalar Akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Muassasa hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat uyushtirildi.
Mazkur ekskursiya talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida yoshlarga allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Ziyorat talabalarda katta taassurot qoldirib, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
Shuningdek, talabalar “Manbalar xazinasi” faoliyat ham yaqindan tanishib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning nusxalarini ko‘zdan kechirishdi.
Axborot-resurs markazidagi bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish qoidalari bilan ham tanishdilar.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish