
Adabiyot yashasa – millat yashaydi
Taraqqiyot sari dadil odimlab borayotgan yangi O‘zbekistonda mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida inson qadrini ulug‘lash, mustaqillik ulug‘ va bebaho ne’mat ekanligini tarannum etish adabiyot ahli, ijodkorlar ijodining bosh mavzusiga aylandi.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, “Jadid” gazetasi bosh muharriri, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, yosh ijodkorlar Shahriyor Shavkat va Otabek Bakirov bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida Iqbol Mirzaaliyev mustaqilligimizning 34 yilligi, istiqlolning qadri, mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimiz taqdiridagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ortda qolayotgan har bir vaqtni qadriga yetish, talabalik bilim cho‘qqilarini egallashning eng muhim davri ekanini qayd etdi.
Shuningdek, tadbir davomida kitob mutolaasi, kitobxonlik masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xalqimizning sevimli shoiri Iqbol Mirzo kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘qligi, shu bois ham azal-azaldan ma’rifat peshvolari butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgani xususida to‘xtaldi.
Yosh ijodkorlar tomonidan Vatan, ota-ona, sevgi kabi pok tuyg‘ular madh etilgan she’rlar tinglandi.
Uchrashuv yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish