
Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi
Keyingi yillarda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilda jadid mutafakkirimiz tavalludining 150 yilligi keng nishonlanayotir.
“Mustaqillik darslari” doirasida Islomshunoslik fakultetining 1-kurs talabalari Adiblar xiyobonida Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasini yod etishdi.
Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda Islomshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari, dotsent Ramziddin Isoqjonov oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, jadidchilik harakati haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda Behbudiyning Turkiston jadidchiligida tutgan o‘rni, uning bu harakat g‘oya va fikrlarining yoyilishida, ijtimoiy-siyosiy sohaning turli jabhalarida islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyatini baholashda, tabiiyki, u yozib qoldirgan fikrlar, asarlar katta ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
Alloma yangi davr o‘zbek madaniyatining asoschisi ekani, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist bo‘lib, tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashagani aytib o‘tildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish