
Talabalarga kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-kurs talabalari uchun kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi.
Akademiya Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi hamda Registrator ofisi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzada kredit-modul (HEMIS) dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish haqida so‘z yuritildi.
Dastavval O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev mazkur tizim haqida ma’lumot berdi.
Kredit-modul tizimi bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Shuningdek, ma’ruza davomida kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi hamda o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
Dunyoning TOP universitetlarining o‘quv jarayonlari mazkur xalqaro standartlarga asoslangan tizim orqali qurilganligini ta’kidlanib, talaba o‘z ustida ko‘proq ishlashi, o‘qib-o‘rganishi mumkinligi qayd etildi.
“Mustaqillik darslari” davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish