
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim va tarbiyaning uzviyligiga yuqori darajada eʼtibor qaratilmoqda. Ertamiz egalari boʻlgan dilbandlarimizning taʼlim-u tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosatining asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Bu borada fidoyi, jonkuyar, boy bilim va tajribaga ega ustozlardan saboq olish muhim hayotiy ehtiyojdir.
Shu bois, bugun “Mustaqillik darslari” doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev bilan davra suhbati o‘tkazildi.
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Boy ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan, tajribali ustoz bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom ensiklopediyasi” bo‘limi mudiri ham hisoblanadi. Shu bilan birga, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasida talabalarga saboq berib kelmoqda.
Jonkuyar ustoz Oʻzbekistonni innovatsion asosda iqtisodiy rivojlantirish muammolari boʻyicha noyob ilmiy maktab asoschisi. Uning tashabbusi bilan 90-yillarning oʻrtalarida oliy oʻquv yurtlarida “Oʻzbekiston iqtisodiyoti” yangi oʻquv kursi ishlab chiqildi va joriy etildi, darslik va kurs dasturi yaratildi. U 3 nafar iqtisodiyot fanlari doktori va 22 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 45 ta kitob, monografiya, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklar muallifi sanaladi.
Uchrashuv davomida fidoyi ustoz o‘zlarining yoshlik davrlari, pedagoglik faoliyatlari haqida talabalarga hikoya qilib berdilar. Yoshlik – unutilmas va bilim olish uchun muhim davr ekani, bugungi kun yoshlarida buning uchun barcha sharoitlar borligi, talabalar o‘qib, o‘z ustida ishlab, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan inson bo‘lib yetishishlari kerakligini ta’kidladilar.
Samimiy davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish