
Qohira universiteti professori ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Oltinchi marotaba an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur anjumanda yurtimiz hamda xorijlik taniqli olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugun Akademiyada konferensiya sabab mamlakatimizda bo‘lib turgan Misrning Qohira universiteti professori Jalol Said Hafnaviy bilan bilan amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ma’ruza darsida taniqli olim Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, bu borada Abu Rayhon Beruniyning nodir ilmiy asarlariga to‘xtalib o‘tdi.
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi astronomiya, astrologiya, dinshunoslik, tarix fanlariga oid asarlar yozgani, bu asarlar jahon tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgani qayd etildi.
Ma’ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish