1

Akademiyada “Akademik minbari” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Akademik minbari” loyihasi doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Saidahror G‘ulomov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida akademik Saidahror G‘ulomov “Yangi O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni va sun’iy intellektni rivojlantirish samaradorligi” mavzusida ma’ruza qildi. 

Ma’ruzachi o‘z nutqida keyingi yillarda yurtimizda raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib, texnologik inqilobning asosiy motoriga aylangani, buning ta’sirida sun’iy intellekt raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘rilayotganini ta’kidladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining raqamli iqtisodiyotda tutgan o‘rni, uning afzalliklari va muammolari to‘xtalib o‘tdi.

Bu borada mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilingani, unda raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlaridan tortib, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarigacha hayotning barcha jabhalariga integratsiyalashga qaratilgani e’tirof etildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Izoh qoldirish