1

Akademiya mas’ullari tomonidan Talabalar turar joyidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda dekan o‘rinbosarlari hamrohligida Akademiya hududida joylashgan 1-Talabalar turar joyida bo‘lishdi.

O‘rganish davomida Akademiya mas’ullari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi. 

Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, kuz-qish mavsumida gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha maslahat berildi.

Talabalar Akademiya mas’ullarining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarini ta’kidlashdi. 

O‘z navbatida mutasaddilar Akademiya rahbariyati talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Izoh qoldirish