5

“Kelajak soati”da millatlar va dinlararo do‘stlik rishtalari muhokama qilindi

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur sanaga bag‘ishlab, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mashgʻulot talabalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish, ularni turli fikr, millat, din va madaniyatlarga nisbatan ochiq va toqatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatishga qaratilgan. 

Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdulatif Alloqulov, katta ilmiy xodim Ulug‘bek Jo‘rayev, tyutorlar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etilishini ta’kidladilar.

Hozirda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.

Millatlararo va dinlararo do‘stlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlash borasidagi O‘zbekistonning tajribasi boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘layotgani e’tirof etildi.

Yakunda talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, mavzu bo‘yicha qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish