Narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 300 millionga yaqin odam giyohvandlik illatiga yo‘liqqan. Afsuski, ularning aksariyati 30 yoshga yetmagan. Ushbu illat oqibatida har yili 600 mingdan ziyod odam hayotdan erta ko‘z yumadi.
Sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi psixofaol moddalar iste’mol qiluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Taassufki, xalqlar, millatlar kelajagiga raxna soluvchi bu ofat yurtimiz yoshlarini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, kuch-g‘ayratini bilim olish, izlanish, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan yoshlarni aldov yo‘li bilan boshi berk ko‘chaga kiritayotgan shaxslar soni kun sayin ortmoqda.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Shayxontohur tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish borasidagi yangiliklar haqida so‘z yuritishdi.
Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning salbiy oqibatlari hamda har bir talabaning bu xavflardan ogoh bo'lishi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Buning uchun, birinchi navbatda, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, narkotik vositalarning iste’moliga salbiy munosabatni shakllantirish kerak.
Ikkinchidan, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, organizmda unga qarshi immunitet hocil qilinishi darkor. Demak, giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni bu balodan asrash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish lozim.
Tadbir yakunida talabalar bilan birgalikda savol-javob o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish