Bobur Mirzo: “Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…”
Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, “Teatr bu – ibratxonadir”. Ayniqsa, ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va ijodi aks etgan sahna asarlari yoshlar ongiga vatanparvarlik, ilm-ma’rifatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytiradi.
Ana shunday siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.
Bugun ertamiz egalarida Bobur Mirzoning boy ilmiy ijodi, ma’naviy mahzanlari bilan tanishtirish, asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanadi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar O‘zbek milliy akademik drama teatridagi “Yulduzli tunlar” spektakli namoyishida bo‘lishdi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda xalqimiz sevgan aktyor-aktrisalar rol ijro etishdi.
Spektakldagi Bobur Mirzoning achchiq qismati, taqdir charxpalagining tayyorlab qo‘ygan kutilmagan hodisalariga to‘qnash kelishi, atrofidagilarning fitnalari, o‘zga yurtga majburiy ketishi, ichki kechinmalari o‘quvchini o‘sha zamonga olib boradi. Ayniqsa, Boburning Vatan ishqida, bir zum bo‘lsada ona-yurtida bo‘lishini ich-ichidan istashi o‘quvchini qattiq ta'sirlantiradi.
Spektakl namoyishidan so‘ng Akademiya rektori so‘z olib, ajoyib san’at asarini tomoshabinlarga yuksak professionallik bilan yetkazib bergan ijodkorlarga minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir yoshlarning milliy o‘zlikni anglashini, tarix va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qildi.
Bu kabi tashriflar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy jihatdan boyitish va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish