2

Akademiyada “Kuzgi psixologik maktab”doirasida seminarlar davom etmoqda

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kuzgi psixologik maktab” tadbirlari boshlandi.

Bugun “Psixologiya va din: zamonaviy qarashlar va chaqiriqlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Yuliya Shapoval, dotsent Almat Nuratdinov, Anqara davlat universiteti “Din sotsiologiyasi” kafedrasi mudiri Niyoziy Oqyuz, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan “Diniy matnlarni sotsiologik jihatdan tahlil qilishning ahamiyati”, “Mojaro zonalaridagi bolalarni psixo-ijtimoiy reabilitatsiya qilish: Qozog‘iston tajribasi” hamda “Dindorlikni o‘lchash uchun psixodiagnostik vositalar to‘g‘risida” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Ushbu ilmiy maʼruzalar din psixologiyasi, islom psixodogiyasi, diniy va dunyoviy bilimlarning uygʻunligini taʼminlash, Oʻzbekistonda din psixologiyasining rivojlanish istiqbollari, dunyoviy va diniy taʼlim muassasalarida psixologiya va din psixologiyasi fanlarini oʻqitish imkoniyatlari, yangicha yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar kabi masalalarga bagʻishlandi.

Izoh qoldirish