1

Akademiya dotsenti xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida “UNESCO – O‘zbekiston hamkorligining yangi bosqichi: ta’lim, madaniyat va inson huquqlari kesishmasida zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mahfuza Alimova ham ishtirok etdi. 

Konferensiyada “UNESCO hujjatlarida mualliflik huquqini himoya qilish masalalari”, “UNESCO va Markaziy Osiyo: mintaqa tarixi va madaniyatini o‘rganish va xalqaro targ‘ib etish masalalari”, “UNESCOning huquqiy ta’limni rivojlantirishdagi roli” va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi.

Izoh qoldirish