Sog‘lom jamiyat – xavfsiz kelajak
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988-yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda mazkur kasallikni yuqtirgan 40 million nafardan ziyod bemor bor. Ular soni yiliga 1,5 million kishiga ortmoqda. Eng yomoni, kasallik har yili 600 ming kishini hayotdan olib ketmoqda.
Mamlakatimiz OITSga qarshi kurash tizimi bo‘yicha keyingi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo'shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sog‘lom jamiyat – xavfsiz kelajak” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, kafedra mudiri Bektosh Berdiyev, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Kamoliddin Shirinov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) haqida yigʻilganlarga maʼlumot berildi hamda ushbu asr vabosining kelib chiqishi va tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida gapirib oʻtildi. Bu bugungi kunda nafaqat tibbiyot xodimlaridan balki butun jamiyatdan ham ogohlik va sergaklik talab qilishi taʼkidlandi.
OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik hisoblanadi.
Shuningdek, talabalar OITS qanday kasallik, uning yuqish yo’llari va kechishi, asoratlari va profilaktikasi bilan tanishdilar.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish