1

Talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Intellektual ring” deb nomlangan “Ingliz tili bilimdoni” ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. 

“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda 14 ta jamoa ishtirok etdi. 

Jamoalar “Jahon tarixi”, “Ingliz adabiyoti”, “Ingliz tili grammatikasi”, “Jahon va o‘zbek filmlari” , “Fan va texnologiya” kabi mavzular asosidagi savollarga javob berdilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Izoh qoldirish