2

Sun’iy intellekt turlari va platformalaridan samarali foydalanish usullari

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari oʻrtasida 2025-2026-oʻquv yilining qishki taʼtil davrida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar hamda davra suhbatlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda bugun Akademiya magistrantlari uchun Zoom platformasi orqali “Sun’iy intellekt turlari va platformalaridan samarali foydalanish usullari” mavzusida onlayn dars bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dars “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda “Axborot xavfsizligi” magistratura mutaxassisligi yo‘nalishi 2-bosqich magistri Rahmonjon Obiddinov tomonidan tashkil etildi.

Unda sun’iy intellektning asosiy turlari, zamonaviy AI platformalari hamda ularni ta’lim va ilmiy faoliyatda samarali qo‘llash usullari haqida amaliy misollar orqali ma’lumotlar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish