2

Akademiya rektorining maqolasi AQSh nashrida chop etildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatiga qarashli “Deseret News” nashri saytida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Xalqaro ICESCO tashkiloti ijroiy kengashining a’zosi Muzaffar Kamilovning “O‘zbekistondan Yutagacha: din va ijtimoiy hamjihatlik saboqlari” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada hozirda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotgani, yaqinda O‘zbekistonga Yuta shtati delegatsiyasi tashrif buyurgani xabar berilgan.

Yuta tajribasi va O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyot yo‘li bir umumiy haqiqatni tasdiqlashi, ya’ni din faqat ibodat emas, balki ma’rifat, insonparvarlik va ijtimoiy barqarorlik manbai ekani ta’kidlangan. Yuta tajribasida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham davlat diniy soha ishlariga aralashmasligi, biroq dinning ijtimoiy hayotdagi ijobiy rolini qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqshband ilmiy markazlari tashkil etilgani va bu muassasalar nafaqat diniy bilimlarni targ‘ib qilishi, balki millatning ma’naviy o‘zligini mustahkamlashga ham xizmat qilishi ochib berilgan.

Saytga havola

Izoh qoldirish