Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Bugungi ma’ruzalar Akademiya professor-o‘qituvchilari – Farhod Karimov hamda Bektosh Berdiyev tomonidan olib borildi.
Unda “Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish” hamda “Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish” kabi ma’ruza darslari tashkil etildi.
Darslarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar, ularni samarali tashkil etish yo‘llari xususida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Murojaatnoma davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini yanada rivojlantirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, taraqqiyotimizning yangi bosqichi uchun dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Mashg‘ulotlar doirasida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘yicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish