1

Mehmonlarga “Ziyo” media markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi loyiha menejeri Dimitriy Ponomaryov boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

Bugun delegatsiya a’zolari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Markaz yurtimizda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida axborot-tahliliy, ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy faoliyatni amalga oshiradi.

Tashrif davomida ularga Markaz pavilyonlari, ovoz yozish studiyasi, montaj xonasi, ularda suratga olinadigan ko‘rsatuv, eshittirishlar haqida ma’lumot berildi. 

Ma’lumki, ekstremizm, xalqaro terrorizm va bu omillarning rivojlanishi uchun ildiz vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan diniy radikalizmga qarshi kurashish, ushbu omillar oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan terroristik hodisalarning oldini olishda mamlakat fuqarolariga hamda xalqaro terrorizm va zo‘ravon ekstremizm bilan bevosita qarshi kurashayotgan shaxslarga axborot, tahlil va huquqiy jihatdan amaliy ko‘rsatish maqsadida “Ziyo” media markazi tashkil etilgan.

Markaz davlat yoki nodavlat boshqaruvidagi deyarli barcha telekanallar va radiokanallar hamda turli internet manbalari vositasida yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik, terrorristik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi aholida immunitet hosil qilish. O‘zbekiston Prezidentining “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida muqaddas dinlarning ezgu g‘oyalari, tinchliksevarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish, O‘zbekistonda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar merosini chuqur o‘rganish, din musaffoligini asrash hamda zo‘ravonlik ekstremizmi va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida o‘zining media mahsulotlarini namoyish etib boradi. 

Markazda tayyorlangan audio va video materiallar davlat yoki nodavlat boshqaruvidagi deyarli barcha telekanallar va radiokanallarda namoyish etilib, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik, terrorristik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi aholida immunitet hosil qilishga xizmat qiladi.

Mehmonlar tashrif yakunida Akademiya huzuridagi tashkilotlarga yuqori baho berdi. Kelgusida amaliy hamkorlik aloqalaridan mamnun bo‘lishlarini bildirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish