1

Talabalarga xorijlik professor tomonidan trening o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Muslim-Friendly Tourism” konsepsiyasiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Tayvannning yetakchi universitetlaridan biri Fu Jen Catholic universiteti professori Su Che-Jen ma’ruza qildi.

Mazkur trening davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Turizm” yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Trening davomida mavzu doirasida ma’ruza qilindi. Xususan, musulmonlar uchun do‘stona sayyohlik turizm sanoatining ixtisoslashgan shakli ekani, u Islom tamoyillariga muvofiq ravishda musulmon sayohatchilarni qabul qilishga qaratilgan. 

Ma’ruzachi tomonidan turizmning mazkur yo‘nalishidagi e’tiborga molik jihatlar, turizm tashkil etishdagi tartib-qoidalar haqida ham ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Fu Jen Catholic universiteti 1925-yilda tashkil topgan. Oliygoh Tayvanning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, gumanitar fanlar, menejment, huquq, turizm, tabiiy fanlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar tahsil oladi.

Universitet QS World University Rankings va Times Higher Education kabi nufuzli xalqaro reytinglarda qayd etilgan bo‘lib, jahon reytingida 1001-1200-o‘rinlar oralig‘ini egallaydi. Tayvan ichida esa universitet ko‘pincha oliy ta’lim muassasalari orasida brend kuchi va ta’sir darajasi bo‘yicha TOP-10 talikdan o‘rin olgan.

Trening yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish