Kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash
Keyingi vaqtlarda axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida ko‘p turdagi kiberjinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va ular oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab qilayotir.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yoshlarga kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda tushunchalar berish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan ogoh etish maqsadida “Kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligi akademiyasi magistrantlari Azamat Umrzoqov va Fozil Sattarov “Kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash” hamda “Raqamli makonda yoshlarni turli tahdid va xatarlardan himoya qilish” mavzusida ma’ruza qilishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan axborot manipulyatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridan foydalanishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning kundalik hayotida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish