1

Akademiyada bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida  yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini topish uchun sharoit yaratish hamda oliy ta’lim va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini shakllantirish maqsadida “Bitiruvchidan – professional kadr sari!” shiori ostida “Workshop” amaliy uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan muloqoti doirasida yoshlarga oʻz imkoniyati va qiziqishiga mos ish topishi uchun sharoit yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-martdagi tegishli buyrugʻiga asosan bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, oliy taʼlim tashkilotlari hamda ish beruvchilar oʻrtasida samarali muloqot maydonini yaratish orqali bitiruvchi yoshlarning bandligini barvaqt taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiya bo‘yicha o‘quv markazi direktori Shavkatbek Hasanov hamda saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiya bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi Sirojiddin Abduvohidov ishtirok etib, bitiruvchilarga aniq ish o‘rinlari va yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.

Tadbir doirasida faol ishtirok etgan va yoshlar bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar maxsus “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Ushbu uchrashuv Akademiyaning bitiruvchi yoshlari uchun mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishda muhim qadam bo‘lib, sohada kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish