Mamlakatimiz diniy-ma’rifiy soha vakillari Turkiyaning Islom tadqiqotlari markazida bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi yurtimiz diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Turkiyadagi xizmat safari samarali uchrashuvlar va faol muloqotlarga boy o‘tmoqda.
Tashrif doirasida Turkiyaning Islom tadqiqotlari markazi (ISAM)da Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari Muzaffar Kamilov va Islom tadqiqotlari markazi direktori Murtaza Bedir ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Muzaffar Kamilov soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan diniy-maʼrifiy sohadagi yangilanishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, Oʻzbekistondagi vaqf tizimi, bu yoʻnalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va mazkur yoʻnalishga ixtisoslashgan jamoat fondi faoliyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
O‘z navbatida ISAM direktori Murtaza Bedir mamlakatimizda soʻnggi yillarda olib borilayotgan yangilanishlar tahsinga sazovor ekanligini taʼkidlab, markazning umumiy faoliyati, taʼsis etilish tarixi va rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Jumladan, markaz tomonidan 33 yil davomida 44 jilddagi nufuzli islom ensiklopediyasi yaratilganini bildirdi. Shu bilan birga, ayni vaqtda mazkur ensiklopediyani yangilash ehtiyoji borligi va bu borada tegishli ishlar olib borilayotgani qoʻshimcha qilindi. Ayni vaqtda mavzulashtirilgan ensiklopediyalar ustida ishlanilayotganini bildirdi.
Muloqot davomida Murtaza Bedir Turkiyadagi vaqf tizimi Movarounnahr, xususan, Buxoro vaqf maktabi tajribasi asosida shakllantirilgani va u Usmoniy Turklar davrida rivojlantirilib hozirgi kungacha saqlab kelinayotgani alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida muassasalar oʻrtasida Anglashuv memorandumini imzolash, Vaqf jamoat fondi koʻmagida Oʻzbekistonlik soha mutaxassislarni ISAMda stajirovka oʻtashini taʼminlash, Akademiya talabalarining qisqa muddatli stajirovkalarini ISAMda tashkil etish hamda Oʻzbekistonda joylashgan buyuk allomalar qadamjolari xaritasini tuzish va mazkur marshrut boʻylab ziyorat turizmini rivojlantirish kabi amaliy takliflar bildirildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish