Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Kamilov tashabbusi bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi.
Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, mashg‘ulotlar Akademiyaning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-Talabalar turar joyida ham o‘tkazildi.
Ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilgan badantarbiyada Akademiya vakillari, eng avvalo, kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida organizmini chiniqtirish, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish kerakligini yanada anglab yetmoqdalar.
Mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish