Talabalikdan – shaxsiyatga: yetakchilik strategiyasi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar, “Biznes kvadrat”, “Patronlar ligasi”, “Yuksalish” maktablari va “Yuksalish books” asoschisi Muhammadali Eshonqulov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Talabalikdan – shaxsiyatga: yetakchilik strategiyasi” mavzusidagi uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Muhammadali Eshonqulov so‘z olib, bugungi kunda yurtimizda yosh tadbirkorlarga yaratib berilgan sharoitlar, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga alohida ta’kidladi.
Muhammadali Eshonqulov o‘zining hayot yo‘li, biznesga kirib kelishi, erishgan muvaffaqiyatlari, qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi usullari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Muvaffaqiyatli loyihalarining barpo etilish tarixi, kelgusidagi rejalari haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, bu kasbning sir-sinoatlari, tadbirkorlik odobi va qoidalari haqida ma’lumot berdi. O‘z hayotida duch kelgan voqealar, ulardan olingan saboqlarga to‘xtaldi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish