2

Amir Temur davlatida adolatli boshqaruv siyosati

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan universitetning barcha fakultetlarida kafedramiz professor-oʻqituvchilari tomonidan universitet barcha guruhlari talabalari ishtirokida Universitetd talabalari uchun “Amir Temur davlatida adolatli boshqaruv siyosati” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Ne'matillo Muhamedov soʻzga chiqib, talabalarni Amir Temur hayoti va faoliyati boʻyicha  qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtdi. 

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning “Qay bir joydan bir gʻisht olsam, oʻrniga oʻn gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga oʻnta koʻchat ektirdim” degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar.

Tadbir juda qiziqarli va savollarga boy hamda munozarlaga toʻla tarzda tashkil etildi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish