Yangi Markaziy Osiyo integratsiyasining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi Markaziy Osiyo integratsiyasining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga oid tadqiqotlar olib borayotgan respublika va xorijlik olimlar, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, ekspertlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. Xususan, tadbirga Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasidan yetakchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislar tashrif buyurdi.
Tadbirning asosiy maqsadi etib Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikni mustahkamlash, mintaqadagi integratsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilish hamda siyosiy ishonch, iqtisodiy manfaat va madaniy yaqinlikni aks ettiruvchi barqaror integratsiya modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqish belgilangan.
Anjuman doirasida Markaziy Osiyoda mintaqaviylashuvning zamonaviy tendensiyalari: siyosiy-iqtisodiy jihatlari, integratsiya jarayonlarining madaniy-gumanitar masalalari, zamonaviy davlatlatchilik rivojining ijtimoiy-tarixiy omillari, davlatlarning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi: muammo va istiqbollar, O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘nalishidagi sho‘balar ish yuritdi. Mutaxassislar tomonidan Yangi Markaziy Osiyo integratsiyasining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlariga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi.
Konferensiya yakunida mintaqada siyosiy ishonchni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish shuningdek, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan xulosa va takliflarni o‘z ichiga olgan yakuniy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish