Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Mazkur konferensiyada respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, yosh olimlar hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjuman xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.
Konferensiyada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Namangan davlat chet tillari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, Universiti Sains Malaysia professor-o‘qituvchisi Hicham Lahlouning ingliz tilini o‘qitishda metaforik til va leksik kompetensiya masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi konferensiya qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiya davomida speaking ko‘nikmalarini rivojlantirish, mashina va inson tarjimasi qiyosi, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, gamifikatsiya, raqamli avlodning kognitiv ehtiyojlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro tajribalarni ommalashtirish hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.
Konferensiya ilmiy va amaliy ahamiyatga ega muhim takliflar hamda samarali muloqot maydoniga aylandi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish