Akademiya talabalari Nukusdagi “Do‘stlik festivali” tadbirlarida faol ishtirok etishdi
Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Do‘stlik festivali” tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur festivalda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar teatr studiyasi jamoasi ham sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar hamda qator boshqa loyihalarda faol ishtirok etdilar.
Festivalda Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi dramaturg Nasrullo Qobilning “To‘da” asari asosida sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektaklini namoyish etdi.
Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka ruju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.
Yakunda festival doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol qatnashgan barcha mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirildi. Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasiga tashakkurnoma topshirildi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish