1

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi professori Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professori Rehman Chishmi tashrif buyurdi.

Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilhomjon Bekmirzayev ishtirok etdi. 

Suhbat avvalida Ilhom Bekmirzayev mehmonni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, mehmonlarga Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, Akademiyada davlat ta’lim muassasasi sifatida islomshunoslik, dinshunoslik kabi akademik ta’lim yo‘nalishlari bilan bir qatorda, islom moliya, islom huquqi, informatika va axborot texnologiyalari, psixologiya kabi zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari borligini qayd etdi. Bugungi kunda Akademiyada yuqoridagi barcha yo‘nalishlarda qator ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani va ta’limda zamonaviy innovatsion yondashuvlar amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi. 

O‘z navbatida Rehman Chishmi Akademiyaga tashrifi doirasida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirdi. 

Uchrashuv davomida “Visiting professor” dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar tashriflarini amalga oshirish, Akademiyaning Buyuk Britaniya ilmiy va o‘quv markazlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarning xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda so‘z yuritildi.

Muloqot davomida tomonlar kelgusida ham o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar. 

Uchrashuv yakunida hurmatli mehmon Akademiya “Manbalar xazinasi”da saqlanayotgan kitoblar bilan tanishdi. Yuqori darajadagi qabul uchun minnatdorlik bildirdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish