1

Ko'hna ma'rifatning boqiy sadosi yoxud Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumidan xulosalar

Qirqdan ortiq mamlakatdan kelgan davlat va jamoat arboblari, ulamo, tadqiqotchi, xalqaro tashkilot, muzey va kutubxonalar vakillarini bir joyga jamlagan bu forumni oddiy anjumanlar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Bu yerda gap faqat ma’ruza, uchrashuv yoki ilmiy bahslar haqida ketayotgani yo‘q.

Gap O‘zbekistonning ajdodlar qoldirgan merosni jahonga qayta tanitayotgani, islom sivilizatsiyasining asl qiyofasi — ilm, ma’rifat, insonparvarlik va bunyodkorlik ekanini asosli dalillar bilan ko‘rsatishga bo‘lgan irodasi haqida ketmoqda.

Ta’bir joiz bo‘lsa, mazkur forumni bugungi dunyoga tutilgan ma’rifat ko‘zgusi deyish mumkin. Bu ko‘zguda bir tomondan, jahonning hozirgi tahlikali manzarasi: urushlar, radikallashuv, diniy toqatsizlik, islomofobiya, madaniyatlar o‘rtasida barpo etilgan sun’iy devorlar ko‘rinadi. Ikkinchi tomondan esa, shu tahlikali manzara qarshisida ilm, bag‘rikenglik, tarixiy xotira va inson qadriga tayangan Yangi O‘zbekiston siyosati namoyon bo‘ladi. 

Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Yozuvchilaruyushmasi a’zosi,
"Ziyo" media markazi direktori

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish