“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari va “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Bugun poytaxtimizdagi INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari va “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazirlik mutasaddi xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali pedagoglar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan bir guruh vazirlik xodimlariga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.
Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni sohiblari o‘z so‘zlarida bugungi kunda pedagoglarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofni xalqimizning ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromining yorqin ifodasi sifatida qayd etib, bu ulug‘ qadriyatni amalda his etayotganlaridan chuqur minnatdorlik bildirdilar.
Shundan soְ‘ng “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari taqdirlandi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, tanlov ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalari va loyihalari yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishini ta’kidladi.
Marosim davomida muhandislik sohasida o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” tanlovining “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandi. 9 nafar g‘olibga elektromobil topshirildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish