Akademiya vakillari amaliy seminarda ishtirok etishdi
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida soha mutaxassislari uchun gender tengligi, reproduktiv salomatlik, oilaviy farovonlik va gender zo‘ravonligining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan “O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirildi.
Tadbirda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi – soha mutaxassislariga ushbu masalalarda ilmiy asoslangan, huquqiy jihatdan ishonchli va milliy qadriyatlarga mos bilim hamda amaliy yondashuvlarni yetkazishdan iborat.
Anjuman davomida ishtirokchilar oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarning huquqlari, er-xotinning o‘zaro hurmati va mas’uliyati, gender tengligining milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy asoslari, reproduktiv salomatlik, reproduktiv huquqlar va oilani rejalashtirish hamda gender zo‘ravonligining sabablari, oqibatlari va uning oldini olish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Muhokamalarda ushbu masalalar islom ta’limoti va qadriyatlari nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqildi. Inson qadr-qimmati, o‘zaro hurmat, adolat, oilaviy hamjihatlik va mas’uliyat kabi tamoyillarning sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va UNFPA o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning oilalar farovonligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy muloqotni rivojlantirishdagi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bunday yondashuv oilalarda o‘zaro hurmat va ishonchni kuchaytirish, farzand tarbiyasida ota-onalarning teng mas’uliyatini targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlik bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Seminarda reproduktiv salomatlik, gender tengligi va oilaviy munosabatlar kabi nozik mavzularda ochiq, hurmatga asoslangan va madaniy xususiyatlarni inobatga oluvchi muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi ham ta’kidlandi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish