1

Raqamli asr oqimida vaqtimizni boyityapmizmi yoki boy beryapmizmi?

XXI asr texnologiyalar şiddat bilan rivojlanayotgan, inson hayotining deyarli barça jabhalari raqamli vositalar bilan çambarças boğlanib borayotgan davrdir. Bugungi kunda köpçiligimiz hayotimizni smartfon, noutbuk, televizor va turli aqlli qurilmalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular qisqa vaqt içida kundalik turmuşimizning ajralmas qismiga, eng muhim yordamçimizga aylanib ulgurdi.

Biroq har bir qulaylikning öziga yaraşa masʼuliyati va oqibati bor. Bugungi davr insonlari, xususan, yoşlar oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri – umrning eng qimmatli, ortga qaytmas lahzalarini elektron qurilmalar ekraniga tikilib ötkazişdir. Aslida, vaqt insonga berilgan eng uluğ neʼmat, oltindan-da qimmatli bebaho boylikdir. Çunki boy berilgan mol-mulkni qayta topiş mumkin, ammo ötgan vaqtni aslo ortga qaytarib bölmaydi.

Şunday ekan, bugun özimizga jiddiy savol berişimiz kerak: kun davomida neça soatimizni smartfonlarga, qança vaqtimizni televizor va boşqa elektron qurilmalarga sarflayapmiz? Bu vaqt bizga qançalik manfaat keltirmoqda? Texnologiyalarning biz sezmayotgan salbiy taʼsirlari nimalarda namoyon bölmoqda? Yoki bu jarayonni mutlaqo zararsiz deb hisoblaş mumkinmi?

Qulaylik ortidagi xavf – ongimizni boy bermayapmizmi? Texnologiyalar, internet va aqlli qurilmalar inson mehnatini yengillaştiriş, turmuşini qulaylaştiriş hamda imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida yaratilgan. Biroq bu imkoniyatlarning foyda yoki zararga aylanişi, avvalo, ulardan qanday maqsadda va qay darajada foydalanişimizga boğliq.

Tabiatdagi har bir narsaning meʼyori bölganidek, raqamli vositalardan foydalanişda ham özimiz uçun aniq çegara belgilaşimiz zarur. Unutmasligimiz kerakki, biz şunçaki texnologiya isteʼmolçilari emas, balki ongli, mustaqil fikrlaş qobiliyatiga ega insonlarmiz. Şuning uçun vaqtimizning barçasini ekran qarşisida ötkazmasdan, özimiz bilan yolğiz qolişga, muşohada yuritişga va hayotimiz haqida çuqurroq öylaşga ham vaqt ajratişimiz lozim.

Bugun smartfonlar orqali deyarli barça yumuşlarimizni bajarişimiz mumkin. Ayniqsa, hayotimizga jadal kirib kelgan sunʼiy intellekt platformalari köplab vazifalarni yengillaştirdi. Ularning ijobiy jihatlari talaygina. Ammo masalaning eʼtibordan çetda qoldirib bölmaydigan ikkinçi tomoni ham bor.

Tarixga nazar taşlasak, ajdodlarimiz ilm oliş uçun yuzlab kitoblarni mutolaa qilgan, birgina savolga javob topiş maqsadida oylab izlangan, baʼzan uzoq va maşaqqatli safarlarga çiqqan. Bugun esa taʼlim muassasalarida talabalarga biror vazifa berilganda, ayrimlar mustaqil izlaniş örniga eng oson yölni tanlamoqda. Afsuski, baʼzi yoşlar sunʼiy intellektdan tayyor javob olib, uni öqib-örganmasdan, tahlil qilmasdan, hatto mazmunini töliq anglamasdan ustozlariga topşirmoqda.

Xöş, bu holat davom etsa, kelajakda bizni nima kutmoqda? Agar inson tayyor javoblarga haddan taşqari örganib qolsa, mustaqil fikrlaş, tahlil qiliş va muammolarga yeçim topiş qobiliyati susayadi. Oqibatda odamlar hatto oddiy mantiqiy savollarga ham özlari javob izlaş örniga maşinalardan tayyor yeçim kutadigan darajaga kelib qolişlari mumkin.

Aslida, sunʼiy intellektdan töğri va oqilona foydalanilsa, u bebaho kömakçiga aylanadi. Masalan, berilgan vazifa böyiça sunʼiy intellekt yordamida maʼlumot topiş, uni diqqat bilan örganiş, boşqa manbalar bilan soliştiriş va mustaqil xulosa çiqariş – haqiqiy bilim olişning muhim poydevoridir. Mana şu yöl bilan texnologiya inson tafakkurini susaytirmaydi, aksinça, uning rivojlanişiga xizmat qiladi. Zero, tayyor javobni köçiriş bilan bilim oliş aslo bir xil narsa emas.

Texnologiya – imkoniyatlar eşigi: u aslida döstimizmi? Gadjetlar, internet, smartfon va noutbuklarning foydali yoki zararli vositaga aylanişi köp jihatdan özimizga boğliq. Agar ulardan töğri va oqilona foydalansak, hayotimizga katta ijobiy özgarişlar olib kiradi:

1. Vaqtni tejaş va tezkorlik. Ilgari biror savolga javob topiş uçun ança vaqt va maşaqqat talab etilardi. Bugun internet orqali kerakli maʼlumotlarni bir neça soniya içida topiş mumkin. Biroq bu tezkorlik masalaga yuzaki yondaşişga sabab bölmasligi kerak.

2. Manbalarning bir joyda jamlangani. Qölimizdagi kiçikkina qurilma orqali ulkan axborot olamiga kiriş imkoniga egamiz. Darsliklar, ilmiy maqolalar va elektron kitoblar maʼlumot izlaş vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Bundan taşqari, inson nafaqat bilim oluvçi, balki öz tajribasini boşqalar bilan baham köruvçi ijodkorga aylanişi mumkin.

3. Taʼlimning ommabopligi. Internet orqali masofaviy taʼlim oliş, malakali ustozlarning darslarini tinglaş va yangi sohalarni özlaştiriş imkoniyati kengaydi. Bu ayniqsa imkoniyati çeklangan yoki uzoq hududlarda yaşovçi insonlar uçun juda katta imkoniyatdir.

Savdo va xarid qulayligi – bozor endi çöntagingizda. Texnologiyalar savdo-sotiq va tadbirkorlik sohasida ham katta qulayliklar yaratdi. Elektron savdo platformalari orqali mahsulotlarni uydan çiqmasdan tanlaş, narxlarni soliştiriş va muddatli tölov orqali xarid qiliş mumkin.

Biroq bu qulayliklardan foydalanişda ham moliyaviy masʼuliyatni unutmaslik lozim. Şartlarni diqqat bilan örganiş, öz imkoniyatlarimizni hisobga oliş va zaruratsiz xaridlardan saqlaniş juda muhimdir.

Oltin muvozanat – texnologiyadan voz keçiş kerakmi yoki unga qaram bölib qoliş? Zamonaviy texnologiyalardan butunlay voz keçib ham bölmaydi, ularning qulayliklariga berilib, butun hayotimizni ekranlarga boğlab qöyiş ham töğri emas. Asosiy yeçim esa meʼyorni biliş va oltin muvozanatni saqlaşdadir.

Agar texnologiyalar bizni bilimliroq, tafakkurliroq va masʼuliyatliroq insonga aylantirayotgan bölsa, demak, ulardan töğri foydalanyapmiz. Ammo ular bizni mustaqil fikrdan va haqiqiy hayotdan uzoqlaştirayotgan bölsa, odatlarimizni qayta körib çiqişimiz zarur.

Unutmaylik! Texnologiyalar vaqtimizni tejaş uçun yaratilgan, uni egallab oliş uçun emas. Muhimi, biz texnologiyani boşqaraylik, texnologiya bizni emas!

Diyorbek Ilaşboyev,

“Islomşunoslik” yönalişi 2-kurs talabasi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish