1

Globallaşuv jarayonida islomni tuşuniş muammolari

Bugungi kunda islomşunoslik va islom sivilizatsiyasini örganiş sohasida boşlangan işlarni tizimli davom ettiriş va ularni yangi bosqiçga olib çiqiş zarurati mavjud. Globallaşuv, raqamli axborot makonining kengayişi va xalqaro ijtimoiy-madaniy aloqalarning jadallaşuvi islom dinining tarixi, manbalari va qadriyatlarini ilmiy asosda talqin etiş masalasini yanada dolzarblaştirmoqda.

Xususan, diniy maʼlumotlarning internet tarmoqlarida tez tarqalişi, manbalardan foydalanganda kontekstdan uzib, biryoqlama yondaşuv va notöğri talqinlar islomşunoslikda mustahkam asosga, xolis tahlilga hamda fanlararo muloqotga bölgan ehtiyojni kuçaytirmoqda.

Şu maqsadda bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Globallaşuv jarayonida islomni tuşuniş muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Oltinchi marotaba ötkazilayotgan mazkur anjuman Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Din işlari böyiça qömita, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamkorligida taşkil etildi.

Unda Taʼlim, fan va madaniyat böyiça Islom taşkiloti (ICESCO), Indoneziyaning “Kalimantan post” gazetasi boş muharriri Eka Triyatna Şantiy, Qirqqalʼa universiteti professori Muhammad Koç, “Nur-Muborak” nomli Misr madaniyat universiteti dotsenti Bijan Ilyosbekov, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti, Islom sivilizatsiyasi Markazi xodimlari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi professor-öqituvçilar, ilmiy tadqiqotçilar, soha mutaxassislari, taniqli olimlar hamda doktorantlar iştirok etdi.

Konferensiyaning maqsadi – globallaşuv jarayonida islom taʼlimotini zamonaviy ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etiş, turli mazhab va maktablar örtasidagi fikriy muloqotni rivojlantiriş, diniy masalalarda tahammul va özaro hurmat tamoyillarini mustahkamlaş hamda yoş tadqiqotçilar uçun ilmiy hamkorlik platformasini yaratişdan iborat. 

Anjumanda Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Ilhom Bekmirzayev, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça Islom taşkiloti (ICESCO) vakili, doktor Yusuf Ismoiliy tabrik sözlari bilan oçib berişdi.

Konferensiyada milliy va xorijiy ilmiy maktablar tajribasini qiyoslaş, islom sivilizatsiyasining boy merosini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida örganişga alohida eʼtibor qaratildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi globallaşuv şaroitida islomni tuşuniş va talqin qiliş bilan boğliq dolzarb muammolarni ilmiy tahlil etiş, diniy bağrikenglik va özaro hurmat tamoyillarini mustahkamlaş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirişdan iborat.

Anjuman doirasida islom manbalarini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida örganiş, global axborot makonidagi diniy talqinlarni tahlil qiliş, yoşlarning diniy-maʼrifiy ongini şakllantiriş, islom sivilizatsiyasi merosi, islom moliyasi, tinçlik va ekologik barqarorlik masalalarini muhokama qiliş hamda islomni notöğri talqin etişning oldini olişga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Konferensiyada globallaşuv şaroitida diniy radikallaşuvning oldini oliş va unga qarşi kuraşişda ilmiy-maʼrifiy yondaşuvlarning ahamiyati, diniy radikal ğoyalar taʼsiriga tuşgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va jamiyatga qayta integratsiyalaşning ijtimoiy-psixologik hamda diniy-maʼrifiy asoslari, global axborot makonida islom manbalarining ilmiy tahlili, islomda tinçlik, barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi hamda internetdagi diniy kontent va uni tahlil qilişdagi ilmiy yondaşuvlar kabi yönalişlarda muhokamalar qilindi. 

Sözga çiqqanlar anʼanaviy tarzda ötkazilayotgan uşbu xalqaro anjumanning nufuzi yildan-yilga oşib borayotganini bildirib, iştirokçilarni samimiy muborakbod etdilar.

Konferensiyada dinlararo totuvlik va radikalizmni yengiş, musulmon jamoasida konfessiyalararo muloqot: ötmiş, hozirgi, kelajak, oliy islom taʼlimini rivojlantirişda yutuqlarga ega bölgan özbek va xorijiy olimlarning ilmiy, uslubiy va axborot almaşinuvi, islom ilohiyoti tafakkuri rivojlanişining anʼanalari va zamonaviy tendensiyalari: musulmon jamoalarining içki va xorijiy tajribasiga oid dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Anjumanda soha olimlari tomonidan “Atrof-muhit muammolariga “töxta” deyiş: barqaror hayot falsafasining diniy asoslari”, “Globallaşuv davrida maʼrifatni tiklaş va yoyiş huquqi”, “Özbekistonda islom moliyasini tatbiq etilişi muammolari”, “Islom tarixida radikalizm va mutaassiblikka qarşi ilmiy-intellektual kuraş tajribasi”, “Globallaşuv davrida yoşlarning diniy-maʼrifiy ongini şakllantirişda oliy diniy taʼlim muassasalarining örni” hamda “Globallaşuv şaroitida islomni töğri anglaşda moturidiylik taʼlimotining ahamiyati” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Davra suhbatida bugungi globallaşuv hamda tezkor axborot almaşinuvi davrida yoşlar maʼnaviyatini turli tahdidlardan asraş, xalqaro maydonda sodir bölayotgan voqea-hodisalarning asl mohiyatini oçib beriş zaruratiga eʼtibor qaratildi. Uçraşuvda söz olganlar islom tinçlik dini bölib, jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşiş, tinçlik-osoyiştalikni qadrlaş dolzarb vazifa ekanini qayd etdi.

Qizğin muhokamalar, bahslarga boy ötgan anjumanda bugungi axborot asrida yoşlar tafakkurini kengaytiriş, dinning mohiyatini teran anglaş, islom taʼlimotini töğri tuşuniş, yoşlar ongida turli buzğunçi ğoyalarga qarşi immunitetni şakllantiriş, bu borada hamkor taşkilotlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlarni muntazam ötkazişga kelişib olindi.

Iştirokçilar eʼtirofiga köra, mazkur xalqaro anjuman dinning mohiyatini teran anglaşda, islom taʼlimotini töğri tuşuniş va anglaşda, yoşlar ongida turli buzğunçi ğoyalarga qarşi immunitetni şakllantirişda dolzarb ahamiyat kasb etadi. 

Mazkur xalqaro tadbir dinning mohiyati, islomning asl mazmunini anglaşda hamda bu boradagi ayrim tuşunmovçiliklarni bartaraf etişda muhim qadam bölişi şubhasiz. Zero, jaholatni faqat maʼrifat bilan yengiş mumkinligini bugun xalqaro hamjamiyat teran anglamoqda.

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish