1

Akademiyada ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi

Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Özbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ötkazildi.

Maʼlumot örnida aytiş joizki, mazkur anjuman “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan har yili anʼanaviy tarzda taşkil etiladi.

Unda respublikamizda din psixologiyasi, uning şakllanişi, rivojlanişi va uşbu sohadagi dolzarb muammoli masalalarni örganiş böyiça töplangan tajribani umumlaştirişga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.

Onlayn va oflayn formatda taşkil etilgan anjumanda Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Ilhom Bekmirzayev, Mumtoz şarq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Mirmuxsin Akramov, kafedra professor-öqituvçilari, pxisologiya fanlari nomzodi, professor Möminxon Mamatov, “Profi University” rektori, psixologiya fanlari doktori, akademik Ğayrat Şoumarov, Toşkent amaliy fanlar universiteti professori, psixologiya fanlari doktori Vasila Karimova, ÖzMU huzuridagi PKQTMO mintaqaviy markazi professori v.b., pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Nilufar Abdullayeva, soha mutaxassislari hamda talabalar iştirok etdi.

Anjumanda diniy ongning şakllanişi, rivojlanişi va transformatsiyasi xususiyatlari, diniy deviatsiya yuzaga kelişining psixologik omillari va uni bartaraf etiş yöllari, psixologiya va soha tarmoqlarining dolzarb masalalari hamda “Din psixologiyasi” turkum fanlarini öqitişning zamonaviy texnologiyalari ilmiy yönalişlari etib belgilandi.

Konferensiyada “Xotin-qizlar radikallaşuvining oldini olişda mafkuraviy immunitetning aksiologik asoslari”, “Özbekistonda yoşlar maʼnaviyatini şakllantiruvçi qadriyatlarni örganiş muammosi”, “Innovatsion pedagogika va taʼlim psixologiyasining integratsiyasi: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar”, “Din psixologiyasini öqitişdagi zamonaviy yondaşuvlar” hamda “Radikal ğoyalarga moyil şaxslarning qayta integratsiyasining ijtimoiy-psixologik jihatlari” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Anjuman doirasida amalga oşirilgan muloqotlar, sohaga oid turli masala böyiça fikr, bilim va tajriba almaşinuvlar, tahlillar, işlab çiqilgan amaliy tavsiyalar konferensiyaning barça iştirokçilari – xorijiy taʼlim muassasalari, nufuzli taşkilot vakillari, davlat ilmiy muassasa va taşkilotlar xodimlari, yoş ilmiy tadqiqotçilar uçun ğoyat foydali böldi.

Konferensiya yakunida kötarilgan masalalar böyiça umumiy xulosalar qilindi. Bu kabi ilmiy anjumanlar soha rivoji uçun foydali bölişi qayd etildi.

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish