1

Akademiya vakillari xalqaro islom moliyasi forumida iştirok etmoqda

Joriy yilning 24-noyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida Islom moliyasi böyiça şariat olimlarining XXI xalqaro forumi – ISSF2026 öz işini boşladi.

Mazkur xalqaro tadbirda Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi vakillari “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Mirodil Xaydarov va “Islomşunoslik va islom sivilizatsiyasini örganiş ICESCO” kafedrasi dotsenti Burhoniddin Ahmedov qatnaşmoqda.

Bu yilgi forum “Zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini “Muqtado al-aqd” va “Maqsud al-aqd” nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiliş” mavzusiga bağişlangan.

Forumda xalqaro miqyosdagi nufuzli şariat olimlari, islom moliyasi sohasi mutaxassislari, iqtisodçilar, huquqşunoslar, tartibga soluvçi taşkilotlar vakillari hamda akademik doiralar namoyandalari jam bölgan.

Anjumanning asosiy eʼtibori zamonaviy islomiy moliyaviy mahsulotlar va amaliyotlarning şariat talablari, şartnomalarning huquqiy mohiyati va közlangan maqsadlariga muvofiqligini tahlil qilişga qaratilgan.

Xususan, forum doirasida “Muqtado al-aqd” (şartnomadan kelib çiqadigan huquqiy taqozolar) va “Maqsud al-aqd” (şartnomadan közlangan maqsadlar) tuşunçalarining nazariy asoslari, ularning özaro munosabati, moliyaviy şartnomalarning şakli va mazmun-mohiyati örtasidagi uyğunlik, şuningdek, şariat maqsadlarini zamonaviy moliyaviy amaliyotlarga tatbiq etiş masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir doirasida ilmiy maʼruzalar, munozaralar va tajriba almaşinuvi orqali islom moliyasini şariat tamoyillari va maqsadlariga muvofiq rivojlantirişga qaratilgan amaliy tavsiyalar işlab çiqiş közda tutilgan.

Özbekiston delegatsiyasining mazkur nufuzli xalqaro anjumanda iştiroki ularning zamonaviy islomiy moliya, fiqh va şariat tadqiqotlari borasidagi bilim va tajribalarini boyitiş, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş hamda ilğor tajribalarni örganişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish