Prezident maktubi – yoşlar uçun hayotiy saboq va kelajak sari masʼuliyat
Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga parvozi davomida nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubida ilgari surilgan fikrlar mazmun-mohiyatini yoşlar örtasida keng tarğib etiş maqsadida akademik guruhlarda davra suhbatlari taşkil etildi.
“Prezident maktubi – yoşlar uçun hayotiy saboq va kelajak sari masʼuliyat” mavzusidagi davra suhbatlarida davlat rahbarining maktubida aks etgan hayotiy qaraşlar, bolalik xotiralari, prezidentlik masʼuliyati, vaqtning qadri, yoş avlodning kelajagi va jamiyat oldidagi burç kabi muhim masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Unda rektor maslahatçisi Ötkir Hasanboyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-öqituvçilari – Bektoş Berdiyev, Nuriddin Qolqanov hamda Muxtor Nazirov tomonidan maktubning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratilib, unda davlat rahbarining şaxsiy hayotiy tajribasi, bolalik davridagi xotiralari va hayot yölida orttirgan saboqlari yoş avlod uçun muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Xususan, insonning kamol topişida oilaviy tarbiya, ota-ona ögiti, ustozlar nasihati, mehnatsevarlik, qatʼiyat va masʼuliyat tuyğularining örni haqida fikr almaşildi.
Muloqotlarda Prezidentlik faoliyatining naqadar katta masʼuliyat, fidoyilik va doimiy izlanişni talab qilişi, davlat va xalq manfaatlari yölida xizmat qiliş insondan yuksak iroda, sabr-toqat hamda vaqtni töğri taqsimlaş könikmasini talab etişi alohida qayd etildi. Şu bilan birga, davlat rahbarining vaqt yetişmasligi haqidagi mulohazalari asosida talaba-yoşlar öz vaqtlarini mazmunli taşkil etişi, bilim oliş, kasbiy rivojlaniş va şaxsiy kamolot uçun har bir imkoniyatdan samarali foydalanişi zarurligi tuşuntirildi.
Ayniqsa, maktubda yoşlarning kelajagi, ularning bilimli, taşabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va Vatan taqdiriga daxldor insonlar bölib voyaga yetişi bilan boğliq fikrlar davra suhbatlarining asosiy mavzularidan biriga aylandi. Mutaxassislar tomonidan bugungi yoşlar oldida turgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş, xorijiy tillarni örganiş, axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda ijtimoiy hayotda faol iştirok etişning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, uçraşuvlarda yoşlarning jamiyatdagi örni, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, masʼuliyat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş masalalari ham muhokama qilindi. Maktubda bayon etilgan hayotiy mulohazalar orqali har bir yoş öz oldiga aniq maqsad qöyişi, kelajagi uçun bugundan harakat qilişi va egallayotgan bilimlarini mamlakat taraqqiyotiga yönaltirişi lozimligi taʼkidlandi.
Davra suhbatlari oçiq muloqot va savol-javoblar şaklida davom etdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, maktubdagi fikrlar yuzasidan öz munosabatlarini bildirdilar. Muhokamalar jarayonida davlat rahbarining nabirasiga yöllagan samimiy maktubi nafaqat oilaviy suhbat, balki yoş avlodga hayotiy qadriyatlar, masʼuliyat, vaqt qadri va kelajak oldidagi burçni anglatişga xizmat qiluvçi muhim tarbiyaviy mazmunga ega ekani eʼtirof etildi.
Mazkur davra suhbatlaridan közlangan asosiy maqsad talaba-yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda mustaqil fikrlaş va hayotiy xulosalar çiqariş könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, Vatan ravnaqi va xalq farovonligiga daxldorlik tuyğusini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.
Bunday maʼrifiy uçraşuvlar yoşlarning maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularni ezgu maqsadlar sari safarbar etiş hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan yetuk va masʼuliyatli kadrlar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish