319

“Akademiya kubogi”ning futbol bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Jumladan, futbol bo‘yicha yarim final bahslari shiddatli tarzda davom etdi. Dastlab guruh bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yarim finalga yo‘l olgan “Malaka oshirish” hamda “Ziyo-zukko” jamoasi final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. Yakunda “Ziyo-zukko” jamoasi musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.

Ikkinchi yarim finalda “Rektorat” jamoasi “Mumtoz sharq filologiyasi”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Eslatib o‘tamiz, “Rektorat” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan, unda “Rektorat” jamoasining 3:1 hisobida qo‘li baland kelgandi. Demak, bugun bo‘lib o‘tadigan final o‘yini revansh bahsiga aylanishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish