680

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi 2021/2022-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 9-sinf bitiruvchilari, Akademik litseyning xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishiga o‘quvchilar safiga qabul qilinishi bo'yicha tantanali tadbir o‘tkazildi. 

Tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov so‘zga chiqib, Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, so‘zga chiqqanlar tomonidan dars jarayonlari va mashg‘ulotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish