365

Hamkorlikda nodir kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Markaz fondida saqlanayotgan 100 ta nodir kitob” mavzusida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Firdavs Halimov, markaz xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish sanaladi. Ayni paytda Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini qo‘lyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlar asosida shakllantirilib, aholidan xarid qilinadigan asarlar va eksponatlar saralanib, munosiblari tahlil qilinmoqda.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov so‘z olib, so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor ortib borayotganligi, xususan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bu yo‘nalishdagi ahamiyati katta ekanini ta’kidladi. Akademiya rektori o‘z nutqida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib, ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan ilmiy meroslarni tadqiq etishda faol ishtirok etishlarini qayd etdi.

Bugungi kunda Markaz jami 4 ming 193 nomdagi 4 ming 923 dona kitobdan iborat “Arab va islom olami” hamda “Sharq va Gʻarb” deb ataluvchi ikki yirik kolleksiyasiga ega. Mazkur noyob kolleksiya jahonda yagona hisoblanadi. Shuningdek, kutubxona fondi 15 mingtadan ortiq noyob ilmiy va badiiy kitoblar, 1000 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma asarlar, 500 mingga yaqin ilmiy qo‘lyozmalar, toshbosma kitoblar va san’at asarlarining elektron nusxalariga ega.

Ma’rifiy tadbir doirasida talabalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha manbashunoslik, muqovasozlik, xattotlik hamda abri san’ati bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Mohir xattotlar Habibulla Solih, Islom Mamatov, Najmiddin Fayoziy, hamda iste’dodli muqovasozlar Shuhrat Po‘latov, Gʻulomjon Holboyevlar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma yakunida qadimiy matnlarni o‘qish bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish