742

“Akademiya kubogi” futbol bahslari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlarining futbol bellashuvlari yakuniga yetdi.

Shiddatli, keskin kurashlarga boy o‘tgan final o‘yinida “Rektorat” jamoasi “Ziyo-zukko” jamoasini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda “Mumtoz sharq filologiyasi” jamoasi “Malaka oshirish” jamoasi ustidan zafar quchib, sovrindorlar safidan joy oldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish