373

Malaka oshirish kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilayotgan kurslarda Turizm va sport vazirligi xodimlari, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tarjimon va gid-mutaxassislar hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirok etishmoqda.

Yurtimizda faoliyat yurituvchi ziyorat turizm yo‘nalishi xodimlarining ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari va ularning tasnifi, turli din vakillari bilan ishlash xususiyatlari, ziyorat odoblari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va kasbiy kompetentligini oshirish maqsadida ushbu malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani ham muhim ahamiyatga ega.

Endilikda nufuzli ziyorat turizm yo‘nalishidagi tashkilotlar bilan birgalikda ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatishga qaratilgan maxsus kurslar muntazam o‘tkazilib boriladi. Bu orqali soha vakillarining tajriba va malakasini yanada oshirish tizimi yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz dastlab boshlangan malaka oshirish kurslarida 50 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan bo‘lib, kurslar 29-sentabrgacha davom etadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish