344

Akademiya talabalari “Aloqa tarixi muzeyi”da bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida poytaxtimizdagi “Aloqa tarixi muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.

Unda “Аxborot xavfsizligini boshqarish” hamda “Ziyorat turizmi” yo‘nalishi talabalari muzeydagi sohaga taalluqli eksponatlar, muhim ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.

“Aloqa tarixi muzeyi” 2009-yil 24-oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muzey yurtimiz aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Majmua pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi kabi bo‘limlardan iborat.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muzey xodimlari tomonidan batafsil javob olishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish