423

Akademiya huzurida Jamoatchilik kengashi tuzildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish hamda OAV va jamoatchilik bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar tahlil etilishi barobarida, yangi Jamoatchilik kengashini tashkil etish masalalari ko‘rildi.

Ilmiy kengash ishini Kengash raisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori olib bordi. Ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan anjumanda Akademiya huzurida ilmiy-pedagogik, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashuvchi Jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifi muhokama etilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Shundan so‘ng, Jamoatchilik kengashi a’zolari tanishtirib o‘tildi. Muhokamalar jarayonida bir ovozdan Jamoatchilik kengashi raisi etib, O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Iqboljon Mirzaaliyev nomzodi ma’qullandi.

Ta’kidlanganidek, ushbu jamoatchilik kengashi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) Akademiyaning jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi. U yuridik shaxs hisoblanmaydi. O‘z faoliyatini jamoatchilik asosida, qonunchilik normalariga amal qilgan holda olib boradi.

Ta’lim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar orqali Akademiyaning faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning hamda ijodiy madaniyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ko‘maklashish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Quyida Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

FISHLavozimiIzoh

 

1.

 

Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich

 

O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 

Kengash raisi

 

2.

 

Mirsamikova Ra’no Ismailjanovna

 

Oliy ta’lim muassasasi kotibi

 

Kengash a’zosi

 

3.

 

Jumayev Akmal Muradovich

 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi MK raisining birinchi o‘rinbosari

 

Kengash a’zosi

 

4.

 

Tog‘ayev Inomjon Umurbekovich

 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisining o‘rinbosari

 

Kengash a’zosi

 

5.

 

Xudoynazarov Olimjon Alinazarovich

 

Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” marazi direktori

 

Kengash a’zosi

 

6.

 

Azizov Mirzajon Mamadjnovich

 

Muqimiy nomidagi O‘zbek musiqiy drama teatri direktori

 

Kengash a’zosi

 

7.

 

Ergashev Ibodulla

 

O‘zbekiston milliy universiteti professori

 

Kengash a’zosi

 

8.

 

Valiyeva Manzura Mo‘minovna

 

Shayxontohur tumani Yangiobod MFY raisi

 

Kengash a’zosi

 

9.

 

Maxkamov Otabek Muxtarovich

 

Davlat boshqaruv akademiyasi fakulteti dekani

 

Kengash a’zosi

 

10.

 

Sodiqov Yusuf Aripovich

 

O‘zXIA Kasaba uyushmasi raisi

 

Kengash a’zosi

 

11.

 

Matibayeva Roziya Boltaboyevna

 

Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

 

Kengash a’zosi

 

12.

 

Berdiyorov Ilxom Xayrullayevich

 

O‘zXIA  Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

 

Kengash a’zosi

 

13.

 

Xidirov Suxrob Norbo‘tayevich

 

O‘zXIA O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i

 

Kengash a’zosi

 

14.

 

Ashirov Odil Nadzimovich

 

Ota-onalar vakili

 

Kengash a’zosi

 

15.

 

Normatov Sherzod Xojimurodovich

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Shayxontohur tumani kengashi raisi

 

Kengash a’zosi

 

16.

 

To‘xtanazarov Abduvahob Abdulatif o‘g‘li

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zXIA BT yetakchisi

 

Kengash a’zosi

 

17.

 

Mustafoyev Anvar Alisher o‘g‘li

 

 

Islomshunoslik fakulteti

1-kurs talabasi

 

Kengash a’zosi

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Sep
06
Kengashlar
ISH REJA
14:32
Jan
27
Kengashlar
Ilmiy kengash
09:43

Izoh qoldirish