529

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga, Akademiya Nizomi va mazkur nizomga muvofiq faoliyat olib boradi.

  1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonida amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash.
  2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ - metodik ta’minotni takomillashtirish.
  3. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limini akademiyaning boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish hamda rivojlantirish.
  4. Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida monografiyalar, ilmiy  risolalar va boshqa adabiyotlarning nashr jarayonini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
  5. Akademiyaning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq hisobotlarni mutasaddi tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish;
  6. Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik institutiga talabgorlar uchun qabul jarayonlarini belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar asosida rasmiylashtirish; 
  • Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish imtihonlarini belgilangan tartibda  tashkillashtirish;
  • Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejalari ijrosini  nazorat qilish;
  • Mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlarni topshirayotgan tayanch doktorant (PhD), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon hujjatlarini OAK bilan muvofiqlashtirish hamda tashkillashtirish;
  • Ixtisoslik kafedralari bilan ilmiy maslahatchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;
  • Tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchilar va ularning ilmiy rahbar va maslahatchilar ishtirokida ilmiy seminarlar o‘tkazish;
  • Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy ishlarini amalga oshirishda tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari e’lonini Nizomga muvofiq amalga oshirish;
  • Akademiya kafedralari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar asosnomalari hamda hisobotlarini muassis tashkilotlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan muvofiqlashtirish;
  • Akademiya kafedralari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-texnik loyihalarni Akademiya Ilmiy, o‘quv-uslubiy kengashidan o‘tkazishga oid  hujjatlarini  muvofiqlashtirish; 
  • Akademiya rektori hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; 
  1. Bo‘lim boshlig‘i: Kalandarova Dono Usmandjanovna
  2. Bo‘lim muhandisi: Saminova Nazokat Xalimjonovna

Manzil: Toshkent shahar, A.Qodiriy 11-uy

Telefon: (+99871) 24- 00-56 

Izoh qoldirish