373

Saylov mening nigohimda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlar o‘rtasida “Saylov mening nigohimda” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.

Yetuk malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyati va bilim darajasini yuksaltirish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda Akademiya talabalari faol ishtirok etdi.

Tanov quyidagi “Tanishtiruv”, “Blits” (tezkor savol-javob), “Ijodiy chiqish” kabi uch shartdan iborat bo‘lib, tanlovni professor-o‘qituvchilar, huquqshunos mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati baholab borishdi.

Yakunda talaba-yoshlardan tashkil topgan Mumtoz Sharq filologiyasi fakultetining “Yuksak ma’naviyatli avlod” jamoasi uchinchi, Islomshunoslik fakultetining “Targ‘ibot” jamoasi ikkinchi hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Gʻoliblarga mutasaddilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish