467

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘g‘il-qizlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar siyosatiga davlat darajasida e’tibor berilayotgani buning yorqin ifodasidir.

Yoshi ulug‘larimizning yurt tayanchi va suyanchi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib kamol topishlari, ilm-ma’rifat, go‘zal odob-axloq orqali kishi yuqori marralarga erishishi mumkinligi kabi pand-nasihatlari yoshlar bilan ta’lim dargohlarida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham ta’kidlanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan ma’naviy tadbirda ham shu haqda so‘z bordi. Chet tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi D.Karimova, kafedra mudiri B.Shamsematova, bo‘lim boshliqlari M.Qahhorova, S.Chinniyeva, Akademiya o‘qituvchilari S.Saidjalolov, Y.Shukurov, L.Yusupova, D.Muminova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda milliy qadriyat, urf-odatlar, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan asriy an’analarni asrab-avaylash, kelajak avlodlarga beshikast yetkazish, ularning umrboqiyligini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini faollashtirish kabi mavzularda so‘z bordi.

Jumladan, tadbir mehmoni Dilbar Karimova hamda Akademiya katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov talaba-yoshlarga ajdodlarga munosib vorislar bo‘lish, ilm-ma’rifatni puxta egallash, davlat va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etish borasida to‘plagan hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan atroflicha javob olishdi. Samimiy va mazmunli o‘tgan tadbir yakunida foydali suhbat uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi Dilbar Karimova hamda ma’ruzachilarga minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish