382

Ziyorat turizmi bo‘yicha mahorat darslari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlari boshlandi.

Dastlab Ziyorat turizmi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darslarini Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib borishdi.

Soha vakillarining ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari va ularning tasnifi, turli din vakillari bilan ishlash xususiyatlari, ziyorat odoblari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va kasbiy kompetentligini oshirish kabi muhim jihatlar maxsus seminar-trening bosh maqsadi ekanligi tashkilotchilar tomonidan ma’lum qilindi.

Oktabr-dekabr oylarida o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan mahorat darslarining ilk kuni “O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik yutuqlari” hamda “Ziyorat odobi, tartibi va marosimlari” mavzularida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish