446

Rasmiy xabar!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 30-oktabrdagi 3-sonli Kengashi qaroriga asosan:

2021/2022 - o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha tarzda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt miqdorlarining 2 barobari) asosida talabalikka kirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi!

Arizalarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo'limiga topshirishingiz so'raladi. Arizalar belgilangan tartib va kvota asosida ko'rib chiqiladi.

Eslatma: Arizalar asosida to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati – 20-noyabr.

Murojaat uchun telefon: +(998)71 244 94 63

Izoh qoldirish